Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video lavha o‘rganildi va qoidabuzar haydovchi jazolandi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video lavha o‘rganildi va qoidabuzar haydovchi jazolandi

YHXB axborot xizmati xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqda Buxoro shahar ko‘chalaridan birida "Matiz" rusumli 80 K 485 QA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodaga yo‘l bermasdan, atrofdagi boshqa haydovchilarga halaqit berib, xavfli manyovr bilan avtomobilni boshqarganligi holati aks etgan video lavha tarqaldi.

Mazkur video lavhadagi holat Buxoro shahar IIO FMB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi va qoidabuzar haydovchiga belgilangan tartibda chora ko‘rildi.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab, qoidabuzarlarga o‘rnatilgan tartib asosida chora ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.   
 

Kiritildi: 15:26 10.01.2021. O'qildi: 2668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!