Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Ijro ishi tamomlandi, uzr jonli efirda so‘raldi

A A A
Ijro ishi tamomlandi, uzr jonli efirda so‘raldi

O‘z-o‘zidan ravshanki, bugun biz yashayotgan yangi davr, yangicha ijtimoiy munosabatlar, tez sur’atlar bilan o‘zgarib, rivojlanib borayotgan jamiyatimizning talablariga har tomonlama munosib bo‘lish, odamlarni o‘ylantirayotgan, bezovta qilayotgan muammolarga javob izlash, ularni kun tartibiga qo‘yib, jamoatchilik fikrini shakllantirish bo‘yicha o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.

Shuni alohida ta’kidlashimiz zarur – hozirgi vaqtda nafaqat hayot, balki insonning o‘zi, uning ichki dunyosi, hayotga munosabati va talabi ham tubdan o‘zgarmoqda. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan ijtimoiy hayotimizda ham turli huquqiy munosabatlar yuzaga kelmoqda.

Shu ma’noda, Majburiy ijro byurosi faoliyatida ham ijro etishi lozim bo‘lgan yangicha ijro ishi holatlari ham yuzaga kelmoqda.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “2023.02.21 kuni xalq deputatlari O‘rta chirchiq tumani sobiq va sodiq deputati Feruza Jo‘rabekovna oldilariga Yashnaobod tumani MIB hodimlari kelib Agrobankdan majburiy uzr so‘rashlarini so‘rab kelishibdi. Ajoyib ijro va ajoyib majburiy uzr!...” deyilgan kinoyatomuz xabarlar tarqatildi.

Ijro ishi haqida!

Byuroning Yashnobod tuman bo‘lim ishi yuritiuviga FIB Mirobod tumnlararo sudining 04.07.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan Babasheva Feruza Djurabayevnadan undiruvchi “Agrobank” ATB foydasiga “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasidan jonli efir orqali raddiya berish majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 03.12.2022 yilda kelib tushgan. Bo‘lim tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunnig 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Sud ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor Babasheva Feruza Jurabayevnaga tegishli bo‘lgan telefon raqamiga “SMS” xabarnomalar yuborilib ogohlantirilgan.

Lekin, F.Babasheva sud qarorida belgilangan “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasidan jonli efir orqali raddiya berish majburiyatini bajarmay kelganidan so‘ng, qarzdorning yashash manzili Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi xonadoniga bir necha bora chiqilganda qarzdor xonadon yo‘qligi sababli ijro hujjatini ijrosini ta’minlash imkoni bo‘lmagan.

F.Babashevaga tegishli bo‘lgan ijro ishini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi takroran qarzdorning yuqoridagi yashash manziliga 21.02.2023 yil kuni soat 18:50 da chiqilib, qarzdor F.Babasheva o‘ziga tegishli bo‘lgan ijro hujjatida belgilangan tartibda “Facebook” internet tarmog‘ida o‘zining sahifasida jonli efir orqali raddiya bergan hamda uzr so‘rab, fuqaro F.Babasheva sud qarorida o‘ziga yuklatilgan majburiyatni ta’minlagan.

Byuro organlariga kelib tushayetgan yangi turdagi ijro hujjatlaridan ijtimoiy tarmoq orqali raddiya berish yoki uzr so‘rash tartibidagi ijro ishlari yoki ish yurituvdagi har xil tusdagi ijro hujjatlaridan qat’iy nazar sud hujjatlari muhokama qilinmasdan ijrosi ta’minlanadi.

Demak, sha’n, qadr-qimat va ishchanlik obro‘yini to‘kishi mumkin bo‘lgan harakatlar uchun raddiya berishga ham to‘g‘ri kelishi unutmaslik lozim.

Kiritildi: 21:08 22.02.2023. O'qildi: 2364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!