Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ijaraga beriluvchi transport vositalari videoregistrator va GPS-navigatorlar bilan ta’minlanishi lozim

Ijaraga beriluvchi transport vositalari videoregistrator va GPS-navigatorlar bilan ta’minlanishi lozim

Hukumatning 14 dekabrdagi qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida gi nizomida ijaraga beriluvchi transport vositalari videoregistrator va GPS-navigatorlar bilan ta’minlanishi lozimligi aytib o‘tilgan. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.

Shuningdek, mazkur Nizomga ko‘ra yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, ya’ni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs bo‘ladi.

Manba: terabayt.uz

Kiritildi: 06:53 18.12.2018. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!