Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati shaxsiy avtomobillarda harakatlanish bo‘yicha avval e’lon qilingan tartibga doir hech qanday o‘zgarish bo‘lmagani, maxsus stiker (ruxsatnoma)siz harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilari 30 mart soat 6:00 dan boshlab ma’muriy javobgarlikka tortilayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq shaxsiy mashinalarda 1 aprelgacha yurishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqalgandi.