Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

IIBga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs maxsus tadbirda ushlandi

IIBga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs maxsus tadbirda ushlandi

Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayoz Qosimovning ma’lum qilishicha, haydovchilik guvohnomasi bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, J.S. ismli shaxs fuqaro R.B.ga o‘zini Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini tegishli imtihonlarsiz olib berishini hamda ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilgan. Buning evaziga u arizachidan 1000 AQSh dollari talab qilgan. Buncha miqdorda mablag‘i bo‘lmagan R.B. boshqa fuqarolarning ham J.S.ga aldanib qolmasligi uchun bu haqda ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan.

Ariza bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining harbiy tuzilmalar bo‘yicha bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan 31 yoshli, Uchquduq tumanida tug‘ilgan J.S.ning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan tezkor guruh tuzilib, maxsus tadbir rejalashtirilgan.

Tadbir davomida gumonlanuvchi Zarafshon shahri, 1-kichik tumanida joylashgan do‘kon oldida arizachi bilan uchrashib, maxsus ishlov berilgan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Gumonlanuvchi qilgan ishlariga pushaymon ekanini, harakatlarini shaxsiy manfaat yo‘lida sodir etganini tan olgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 212-moddasi («Pora olish-berishda vositachilik») asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:11. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!