Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

IIBB tomonidan SPA-salonlar tekshirilishi va aniqlangan fohishalar bilan qanday suhbat olib borilishi haqida aytildi

IIBB tomonidan SPA-salonlar tekshirilishi va aniqlangan fohishalar bilan qanday suhbat olib borilishi haqida aytildi

Toshkent shahar IIBB tomonidan SPA-salonlar tekshirilishi va aniqlangan fohishalar bilan qanday suhbat olib borilishi haqida aytildi.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, fuqarolar tomonidan SPA-salonlar hamda massaj takliflari haqidagi e’lonlarni tekshirib berish bo‘yicha murojaatlar bo‘ladi. Xodimlar murojaatlarga asosan joyni tekshiradi. Agar u yerda shubhali vaziyatlar kuzatilsa, qonunchilikka binoan chora ko‘riladi. Shuningdek, tadbirlar davomida fohishalik qilayotgan qizlar aniqalanadigan bo‘lsa, ular bilan psixolog va boshqa mutaxassislar suhbat olib borib, ularning muammolarini hal etishga yorldamlashiladi.

IIBBning bildirishicha, shunday tadbirlarning birida 22 may kuni poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan salonlarning birida 43 yoshli ayol 500 ming so‘mga qo‘shmachilik qilgani aniq bo‘lgan.

Huddi shunday holat 27 mayda Shayxontohur tumanida ham kuzatilgan. U yerda 22 yoshli qiz 100 dollarga intim xizmatalri uchun xona ajratib bergan. Yuqoridagi va ushbu holat bo‘yicha JKning tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 10:44 01.06.2020. O'qildi: 3318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!