Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Igor Sergeev O‘zbekistonga qaytdi

A A A
Igor Sergeev O‘zbekistonga qaytdi

O‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev faoliyatini yana “Paxtakor”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
“Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Igor Sergeev bugun “Paxtakor” bilan 2018 yil oxirigacha bo‘lgan shartnomaga imzo chekdi.
 
Ma’lumot uchun, Sergeev hozirga qadar “Sherlar” bilan uch bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritib, bir marta chempionat to‘purariga aylangan. Chempionatlarda “sherlar” uchun 121 uchrashuvda 64 gol muallifiga aylangan.
 
Eslatib o‘tamiz, Igor Sergeev bir davra BAAning “Al-Dafra” klubida faoliyat olib bordi.

Kiritildi: 14:34 06.07.2018. O'qildi: 1745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik