Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ichki ishlar xodimi qanday hollarda fuqaroga nisbatan kuch ishlatishga haqli?

Ichki ishlar xodimi qanday hollarda fuqaroga nisbatan kuch ishlatishga haqli?

Qonunchilikka ko‘ra, agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni  kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, u hollarda kuch ishlatishi, jumladan kurashning jang usullarini qo‘llashi mumkin. 

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bunday holatlar:

jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;

jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;

ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun.

Jismoniy kuch ishlatilishi shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida ichki ishlar organlari prokurorga darhol xabar berishi shart.

Kiritildi: 10:24 21.08.2019. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!