Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Ichki ishlar xodimi qanday hollarda elektroshok qo‘llashi mumkin?

A A A
Ichki ishlar xodimi qanday hollarda elektroshok qo‘llashi  mumkin?

Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda elektroshok qurilmalarini qo‘llash huquqiga ega:

🔹fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

🔹jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;

🔹ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;

🔹jinoyatni sodir etishda yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;

🔹ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;

🔹zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda.

Kiritildi: 11:49 19.12.2023. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!