Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ichki ishlar organlari xodimlarining hushyorligi sabab talonchi voqea joyida qo‘lga olindi

Ichki ishlar organlari xodimlarining hushyorligi sabab talonchi voqea joyida qo‘lga olindi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida fuqaro D.N. “Chaqar” MFYda joylashgan buyum bozori hududida Qarshi tumani Ko‘chkak qishlog‘ida yashovchi I.L.ning cho‘ntagidagi “Samsung” mobil telefonini olib qo‘ygan vaqtida I.L. buni sezib qolgan va undan telefonini qaytarib berishini so‘raganida, D.N. uning yuziga qo‘llari bilan urib, voqea joyidan yashirinayotganida shu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 12:22 28.10.2018. O'qildi: 1062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!