Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Ichakuzdi latifalar

A A A
Ichakuzdi latifalar

* * *
Sigir sigirga dedi:
—  Ekologiya negadir o‘zgarib ketdi. Qayoqqa qarama, hali u sigir o‘lgan, hali bu sigir kasallangan...
—  Hechqisi yo‘q... Eng asosiysi, biz o‘rdaklar tinch bo‘lsak bas.
* * *
Sahroda ikki to‘g‘nog‘ich sudralib ketib borishardi. Biri ikkinchisiga dedi:
—  Juda isib ketdimi havo?!.
—  Tugmalaringni yechib ol, salqin tortasan!
* * *
Aeroport rahbari xodimlardan biriga dedi:
—  Chet eldan kelayotgan samolyot qulab tushibdi. Yaqinlarini kutayotganlarga yumshoqroq qilib tushuntiring!
—  Aziz kutib oluvchilar, uylaringizga ketinglar!
* * *
—  Dugonajon, ering qalay? Haliyam uyqu orasida tomga chiqib ketadigan odatini tashlamadimi?
—  Tashladi.
—  Yo‘g‘-e!
—  Ha, yaqinda tomdan yiqilib tushdi.
* * *
Erkakni dafn etishayapti. O‘tkinchi so‘radi:
—  Bu odam nimadan o‘libdi?
—  Siz qabrtoshdagi yozuvni o‘qing.
O‘tkinchi qabrtoshdagi yozuvni o‘qiy boshladi:
—  Sevimli xotinining dastidan... Qaynonasining dastidan... Soliqchining dastidan...
* * *
Ayol «Tez yordam»ga qo‘ng‘iroq qilayapti.
—  Tez yetib kelinglar! Erimning isitmasi 50 ga chiqib ketdi!..
—  Kechikibsiz! Yaxshisi, o‘t o‘chiruvchilarga xabar bering!
* * *
O‘g‘ri boshqa bir o‘g‘ridan so‘radi:
—  Kolbasani qayerdan oldingiz?
—  Hov anavi do‘kondan.
—  Odam ko‘p emasmi?
—  E, sotuvchisiyam yo‘q.
* * *
Tiqilinchda bir erkak birovning oyog‘ini bosib oldi. Oyoq og‘rig‘iga chiday olmagan odam ovozining boricha baqirdi:
—  Eshshak!..
Oyoq bosib olgan erkak xotirjam ohangda so‘radi:
—  Men veterinarman! Sizga qanday yordamim tegishi mumkin?
* * *
—  Boshingga tushgan tashvishdan xabar topib juda qayg‘urdim. Qara-ya, Toshmatning xotining bilan qochib ketishga qanday vijdoni yo‘l qo‘ydi ekan? Axir, u eng yaqin do‘sting edi-ku!
—  Hozir ham yaqin do‘stim. Faqat buni uning o‘zi bilmaydi.
* * *
Er tong saharda jazmaninikidan uyga qaytdi. Eshik ro‘parasida to‘xtadi-da, devorning oq bo‘yog‘idan yuzlariga, kiyimlariga surtib oldi va uyga kirib xotiniga dedi:
—  Xotinjon, kechir! Kecha kechqurun birinchi muhabbatimni uchratib qolgandim... O‘zimni boshqara olmadim...
—  Yolg‘on gapirishni bas qiling!.. Yana tuni bilan bilyard o‘ynadingizmi?
* * *
—  Eshmatning aytishicha, xotini o‘n kun avval uni tashlab ketibdi. Haliyam qaytmaganmish.
—  Xo‘sh, Eshmatga sen qanday maslahat berding?
—  Shu munosabat bilan ziyofat uyushtirishdan avval yana bir necha kun har ehtimolga qarshi kutishni maslahat berdim.
* * *
Piyonista shishadoshiga dedi:
— Kecha uyga kelsam, xotinim begona erkak bilan yotoqxonamda o‘tiribdi. Xafa bo‘lib ketdim... Oshxonaga chiqdim. Stol ustiga ikki shisha aroq qo‘yilibdi. Hammasini alamimdan ichib tugatdim-u, o‘rnimdan turdim. Qarasam, begona kvartiraga kirib qolgan ekanman.

Kiritildi: 14:07 16.06.2020. O'qildi: 21722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!