Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hyunday-Namangan KD avtomobil zavodining qurilishi boshlandi

Hyunday-Namangan KD avtomobil zavodining qurilishi boshlandi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Hyunday-Namangan KD avtomobil zavodining qurilishi boshlandi.

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Hyunday-Namangan KD avtomobil zavodining qurilishi boshlandi, deya xabar qildi «Xalq so‘zi-Online».

Davlat rahbari joriy yilning 2−3 may kunlari Namanganga tashrifi chog‘ida hududda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish korxonasi qurilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Shanba kuni mazkur yo‘nalishdagi loyiha ijrosi yuzasidan amaliy qadam qo‘yilib, korxona qurilishining tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim tashkil etildi. Unda Hyunday-Namangan KD avtomobil zavodining xorijiy ta’sischilari, koreyalik ishbilarmonlarning kengaytirilgan guruhi, Malayziya, Indoneziya, Xitoy va Tailanddan tashrif buyurgan investorlar, Namangan viloyati hokimligi, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda korxonaga tamal toshi qo‘yildi.

Koreya Respublikasining Hyundai motor, Evegreen motors va Posko-Daewoo corporation kompaniyalari hamkorligida bunyod etiladigan korxona 2019 yilning sentyabrida ilk mahsulotini ishlab chiqaradi. Loyihaga ko‘ra, bu yerda avvaliga yiliga 400 ta kichik yuk mashinalari,mikroavtobus va avtobuslar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu ko‘rsatkichni bosqichma -bosqich 2500 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. Zavod foydalanishga topshirilishi bilan 150 kishi ish boshlaydi, keyinchalik ishlovchilar soni ming nafardan oshadi. Mahsulot ishlab chiqarishning dastlabki pallasidanoq butlovchi qismlarning 50 foizini mahalliy sharoitda tayyorlash rejalashtirilgan.

Hyunday-Namangan KD avtomobil zavodi qurilishining tamal toshi qo‘yilishi marosimida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U, Namangan viloyati hokimi X. Bozorov so‘zga chiqdi.

Manba: gazeta.uz

Kiritildi: 00:08 18.11.2018. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!