Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Husiylar Netanyaxu sulhni buzsa, Isroilga hujumlarni qayta boshlaydi

Husiylar Netanyaxu sulhni buzsa, Isroilga hujumlarni qayta boshlaydi

Yamanlik husiylar harakati Isroil va unga aloqador kemalarga hujumlarni qayta boshlash bilan tahdid qildi. Bu qaror Isroil hukumati, ayniqsa, bosh vazir Binyamin Netanyaxu tomonidan G‘azo sektoridagi sulh shartlari buzilsa, amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda harakat yetakchisi Abdul-Malik al-Husiy televizion murojaatida ma’lum qildi.

🔻 Husiylarning avvalgi hujumlari:
2023 yil noyabridan boshlab husiylar Isroil va unga bog‘liq kemalarga qarshi hujumlarini kuchaytirgan edi.
🔸 100 dan ortiq hujum Qizil dengizning janubiy qismi va Aden ko‘rfazi hududida sodir bo‘lgan.
🔸 Ushbu hujumlar natijasida Babel-Mandeb bo‘g‘ozi – Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi muhim savdo yo‘lagi xavf ostida qoldi.


Yamanlik harakat o‘z hujumlarini palestinlik va isroillik asirlar almashinuvi boshlangandan so‘ng vaqtincha to‘xtatgan edi. Ammo agar Isroil sulh shartlarini buzsa, husiylar o‘z harbiy operasiyalarini qayta boshlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Kiritildi: 00:00 12.02.2025. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!