Husiylar Yaman hukumati nazoratidagi Moha portiga raketa bilan zarba berdi.
Bu haqda Yaman Qurolli kuchlarining rasmiy vakili polkovnik Majid an-Nuzayliy ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida xavfsizlik xizmatining bir xodimi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi turli darajada jarohat olgan.
Hujumning boshqa tafsilotlari va port infratuzilmasiga yetkazilgan ehtimoliy zarar haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.