Yaqin Sharqdagi neft eksport qiluvchi mamlakatlar xom ashyoni Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yashirin tarzda tashish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Bu haqda Bloomberg agentligi manbaga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, mintaqadagi neft eksportchilari Fors ko‘rfazidan katta hajmdagi xom ashyoni tashishda davom etmoqda.
Qayd etilishicha, tankerlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish vaqtida o‘z transponderlarini o‘chirib qo‘ymoqda. Bu esa kemalarning joylashuvi va harakat yo‘nalishini kuzatishni qiyinlashtiradi.
Bloomberg ta’kidlashicha, neft tashishning bunday usuli bir necha oydan beri qo‘llanib kelmoqda.