AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill byustini to‘rt yildan so‘ng Oq uyga qaytarmoqchi.
"U birinchi qiladigan ishlaridan biri hurmat belgisi sifatida Cherchillni Oval kabinetga qaytarishdir", deb yozadi Daily Mail.
Gazetaning yozishicha, siyosatchi Cherchillni tarixdagi eng buyuk rahbar sifatida hurmat qiladi.
Qayd etilishicha, Cherchill byusti 1965 yildan 2009 yilgacha Amerikaning sobiq prezidenti Barak Obama uning o‘rniga fuqarolik huquqlari harakati yetakchilaridan biri Martin Lyuter King byustini o‘rnatgunga qadar Oval kabinetda sharafli o‘rinni egallagan.