Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Humoyun Sultonov yarim finalda

Humoyun Sultonov yarim finalda

Belgiyaning Dyuffel shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan M25 toifasidagi «Gonzalez Academy event» xalqaro turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Musobaqaning yakkalik bahslari chorak finalida ishtirok etayotgan tennischimiz Humoyun Sultonov turnirda ikkinchi raqam ostida saralandi va 1/4 final bosqichida belgiyalik Bayi Jil Arnoni 6:3, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda finlyandiyalik Ero Vasa bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada o‘tkazilayotgan M15 tasnifidagi «Saarland Open – 2024» musobaqasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sergey Fomin o‘z ishtirokini chorak finalda to‘xtatdi.

Kiritildi: 08:30 23.06.2024. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!