Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Humoyun Sultonov Hindiston kortlarini titratmoqda

Humoyun Sultonov Hindiston kortlarini titratmoqda

Hindistonning Chandigarx shahrida Xalqaro tennis federasiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan «Fyuchers» turnirida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarni tashkil etuvchi ushbu turnirning yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov hindistonlik Manish Sureshkumarni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davrada boshqa bir hindistonlik tennischi Xitesh Chauxan bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, tennischimiz juftlik bahslarida mezbonlar tennischisi Kabir Xans bilan tandem hosil qilib, ilk bosqichda neytral tennischi Ivan Denisov va hindistonlik Adil Kalyanpur duetini 6:3, 6:4 hisobida yengdi. Endi Humoyun va Kabir juftligi chorak finalda tailandlik Tanapet Chanta hamda Kazuma Kashachi bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 09:13 21.03.2024. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!