Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

HUMOning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

A A A
HUMOning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

O‘zbekiston aholisi, chet ellik mehmonlar va sayyohlarga Visa xalqaro kartalaridan milliy valyutada mablag‘larni yechish imkoniyati taqdim etildi. Toshkent, Buxoro, Xiva, Samarqand va boshqa shaharlarda o‘rnatilgan HUMO bankomatlari mehmonlarga 24/7 tartibda xizmat ko‘rsatadi.

29 avgust 2019 yil, Toshkent – Milliy banklararo prosessing markazi (MBPM) O‘zbekiston banklari bilan birgalikda Visa xalqaro to‘lov tizimi tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha milliy valyutada mablag‘larni yechish imkoniyatini joriy qildi. Endi Visa xalqaro karta egalari uchun eng yaqin bankni qidirish zarur emas: o‘z mehmonxonalariga yoki sayyohlik ob’ektlariga yaqin joylashgan HUMO va Visa logotiplariga ega bankomatni qidirib topishning o‘zi kifoya.

«Shubhasiz, mazkur tashabbus O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga ko‘mak qiladi. HUMO Milliy to‘lov tizimi va Visa global to‘lov texnologik kompaniyasi mamlakat bo‘ylab 250 dan ortiq bankomatlarda Visa kartalarini qabul qilish bo‘yicha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunladilar, bunday bankomatlarning soni esa kundan kunga ortib bormoqda», – deb ta’kidlaydi MBPM direktori Qurbonov Shuhratbek.  

Visa va HUMO strategik hamkorligi poydevori mazkur yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Visa kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish maqsadiga qaratilgan O‘zaro hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumi imzolangan paytda o‘rnatilgan. Ushbu tashabbus tomonlarning mamlakatda elektron to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlaridagi birinchi qadam hisoblanadi.

«Visa HUMO bilan hamkorlik qilishdan juda mamnun va mahalliy bankomatlar tarmog‘ida Visa kartalarini qabul qilishni boshlash O‘zbekistonda naqdsiz to‘lovlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston aholisining farovonligini oshirish hamda mamlakat mehmonlari uchun qulaylik yaratish yo‘lidagi sherikchilik munosabatlarini o‘rnatishdagi birinchi qadam hisoblanadi», - deydi Markaziy Osiyodagi Visa Bosh menejeri Aliya Chinibayeva.

Bankomatdan milliy valyutada naqd pul mablag‘larini berish uchun komission haqni bankning o‘zi belgilaydi. Turistik shaharlarda milliy valyutada pullarni yechib olish imkoniyatini beruvchi HUMO bankomatlari yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar va h.k. atrofidagi 24/7 shoxobchalarida joylashgan.

Milliy banklararo prosessing markazi (MBPM) to‘g‘risida:

MBPM 19.09.2018 yildagi PQ-3945-sonli “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan. MBPMni tashkil etishning asosiy maqsadi – to‘lovlarni o‘tkazishning uzluksizligini, innovasion mahsulotlarni siljitishni ta’minlash, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirishdan iborat.

HUMO to‘lov tizimining vazifalari:

- to‘lov infratuzilmasini yaxshilash;

- xalqaro tizimlar bilan integrasiyalashuv;

- yagona to‘lov makonini yaratish;

- milliy to‘lov svitch yaratish

 

Kiritildi: 17:00 02.09.2019. O'qildi: 1396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!