Aktivning 100% davlat ulushi muzokaralarga taklif qilish orqali 3 bosqichda sotiladi.
Yakuniy bosqichda talabgorlar taklif etayotgan narxining kamida 1 foizini kafolatli to‘lov sifatida amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Kompaniya ustav kapitali: 155,4 mlrd so‘m. Ayni paytda 27 mln.dan ortiq HUMO kartasi chiqarilgan bo‘lib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar o‘rnatilgan.