Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Hukumat yig‘ilishlari yerosti bunkerlarida o‘tkazilmoqda

A A A
Hukumat yig‘ilishlari yerosti bunkerlarida o‘tkazilmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumatning harbiy-siyosati blokining barcha yig‘ilishlarini maxfiy yerosti bunkerida o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda "azon.uz" xabar tarqatdi.

Maxfiy bunkerda Inqirozli holatlarni boshqarish milliy markazi joylashgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda ikki bor yig‘ilish o‘tkazildi, kelgusi to‘rt yig‘ilish ham bunkerda bo‘ladi.

Bosh vazirning bunday qaror qabul qilishidan maqsad ma’lumot sizishining oldini olish ekani aytilmoqda. Bunkerga kirishga faqat sanoqli kishilarga ruxsat berilgan, masalan, vazirlarning yordamchilari u yerga kira olmaydi. Yig‘ilish joyidan mobil aloqa ishlaydigan joygacha borish uchun esa 15 daqiqacha vaqt kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 03:00 24.05.2018. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik