Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tabiiy suv havzalarida bir qancha baliq ovlash qurollaridan foydalanish taqiqlandi

Tabiiy suv havzalarida bir qancha baliq ovlash qurollaridan foydalanish taqiqlandi

Hukumat qarori (80-son, 09.02.2024 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi. (https://lex.uz/pdfs/6794177)

✅ Qoidalar O‘zbekiston hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.

📁 Qoidalar sun’iy suv havzalari hamda tabiiy suv havzasi hisoblanmaydigan irrigasiya tarmoqlaridagi qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

🚫 Tabiiy suv havzalarida quyidagi baliq ovlash qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:

➖ yoyma to‘rlar (nakidka);
➖ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet);
➖maxsus tamg‘alanmagan va hisobga olinmagan har qanday to‘rlar;
➖changakli ovlash vositalari (astraga);
➖elektr qarmoq;
➖mahkamlanadigan tuzoqsimon to‘rlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonyerlik qurollari.

🗓 Baliqlarning urchish davrida, ya’ni Amudaryo va Sirdaryoda 11 martdan – 31 maygacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26 apreldan 10 iyungacha va boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.

Kiritildi: 10:30 12.02.2024. O'qildi: 1632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!