Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

«Holatni juda yaxshi deb aytolmayman». Barno Abdusamatova kasallikka chalinishlar soni ortayotganiga izoh berdi

 «Holatni juda yaxshi deb aytolmayman». Barno Abdusamatova kasallikka chalinishlar soni ortayotganiga izoh berdi

Hozirgi vaqtda o‘zini-o‘zi yakkalash tartibidan o‘zini-o‘zi himoyalash tartibiga o‘tilishi kerak. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova «Shifobaxshuz» Telegram kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Suhbat davomida Barno Abdusamatovaning ma’lum qilishicha, dunyo bo‘yicha pandemiyaning ilk bosqichlarida kasallanganlar soni 100 ming nafarga yetishi uchun hafta kerak bo‘lsa, hozir esa bu raqam soatlar ichida qayd etilmoqda.

“Mamlakatimizdagi hozirgi holatni juda yaxshi deb aytolmayman. Chunki ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak sentyabrning ilk kunida 343 nafar bemor qayd etilgan bo‘lsa, 9-centabrda bu ko‘rsatgich qariyb 406 nafarga oshdi. Odamlar, jumladan, bolalar ancha vaqt uyda bo‘ldi, endilikda, karantindan chiqqanligi sababli ko‘pchilikda bemalollik kuzatilmoqda. Karantin choralari yumshatilganidan keyin bozorlar, istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari ish boshladi. Aholimiz o‘sha joylarga o‘zlari va farzandlari bilan tezroq borishni ya’ni avvalgi hayot tarzidek yurishni xohlamoqda. Shuningdek, maktablarda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan aholi o‘rtasida o‘zaro muloqotning ko‘payishi, o‘z navbatida, koronavirus xavfini ham kuchaytiradi”, – dedi shtab a’zosi.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi davrda o‘zini-o‘zi yakkalash tartibidan o‘zini-o‘zi himoyalash tartibiga o‘tilishi kerak.

«Unutmasligimiz kerakki, atrofimizda koronavirus bor ekan, biz, unga ko‘nikib yashashni o‘rganishimiz lozim Bu juda oddiy. Ijtimoiy masofani saqlash, uydan tashqarida niqob taqish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, turmush tarzimizni o‘zgartirib tibbiy madaniyatimizni oshirishimiz, sog‘lom turmush tarzini olib borishimiz zarur», – dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 9-sentabr soat 23:30 dan 10-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 749 ta holat qayd etilgan va bu so‘nggi 39 kun ichidagi eng yuqori natija bo‘lgan edi. 10-sentabr kuni esa 749 kishida koronavirus aniqlangan va bu ko‘rsatgich eng ko‘p kasallik aniqlangan kunlar orasidagi uchinchi natija bo‘ldi.
 

Kiritildi: 10:47 12.09.2020. O'qildi: 2867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!