Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Holand YECHLda hafta qahramoni deb topildi

Holand YECHLda hafta qahramoni deb topildi

UYEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlaridan keyin hafta qahramonini aniqladi.

Unga ko‘ra, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand UYEFA tomonidan Chempionlar ligasida hafta qahramoni deb topildi. Norvegiyalik goleador «Leypsig»ga qarshi kechgan uchrashuvda (7:0) 57 daqiqa ichida penta-trik qayd etgandi.

Hafta qahramoni bo‘lish uchun 5ta gol kiritgan Holanddan tashqari, «Napoli» forvardi Viktor Osimhen, «Inter» yarimhimoyachisi Hoqon Chalxono‘g‘lu va «Real» hujumchisi Karim Benzema ham nomzodlar safiga kiritilgan edi.

Kiritildi: 23:37 17.03.2023. O'qildi: 2102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!