AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushdan so‘ng hokimiyatining chegarasi yo‘qligini aytdi. Tramp bu haqda The Axios Show dasturida ma’lum qildi.
Prezident Eron bilan urushga “shartsiz taslim bo‘lish” talabi bilan kirgandi, ammo uni cheklangan o‘zaro anglashuv memorandumi bilan yakunladi. Tramp bu kelishuvni urushning global iqtisodiy depressiyaga aylanib ketishining oldini olish uchun tuzganini aytdi.
Jurnalistning urush paytida o‘z hokimiyatining chegarasi haqida nimalarni o‘rgangani haqidagi savolga u: "Hech qanday chegara yo‘q", deb javob berdi.
"Men hali bunday saboqni o‘zlashtirmadim. Ular borligini bilaman, lekin hech qanday chegara yo‘q", — dedi Oq uyning amaldagi rahbari.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eronni harbiy jihatdan butunlay tor-mor qildi va hatto o‘zaro anglashuv memorandumi ham ehtimol, so‘zsiz taslim bo‘lishni anglatadi. U urush aslida Amerikaning harbiy qudratini namoyish etganini bildirdi.
"Bunday blokadani yana kim uyushtirishi mumkin? Men shunday dengiz blokadasini amalga oshirdimki, undan hech bir kema o‘ta olmadi. Ba’zilar urinib ko‘rdi. Ammo bu uzoq davom etmadi", — dedi u.