Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Hokim o‘rinbosari" o‘zgacha usuldagi firibgarlikka qo‘l urdi

"Hokim o‘rinbosari" o‘zgacha usuldagi firibgarlikka qo‘l urdi

Buxoro shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan R.M ismli ayol 2019 yil fevral oyida SH.N ismli ayolning ishonchiga kirib, ishga joylashtirish evaziga undan 350 AQSh dollari olgan. So‘ngra Buxoro shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbariyatining xizmat telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini hokim o‘rinbosari deb tanishtirgan. Shu yo‘l bilan fuqaro SH.N nomiga Buxoro ayollar muruvvat uyiga ishga kirishi haqida yo‘llanma berishni talab qilib, yo‘llanma olishga erishgan. Keyin esa Buxoro ayollar muruvvat uyi rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, uni ishga olishini aytib, fuqaro SH.N.ni ishga joylashtirgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan R.M.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Kiritildi: 10:33 13.03.2020. O'qildi: 3398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!