Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

«Hokim stipendiyasi», «Telefonsiz maktab», chet tilini bilish sertifikatiga ega yoshlarni rag‘batlantirish — Shirin hokimining uchta muhim qarori chiqdi

«Hokim stipendiyasi», «Telefonsiz maktab», chet tilini bilish sertifikatiga ega yoshlarni rag‘batlantirish — Shirin hokimining uchta muhim qarori chiqdi

Shirin shahar hokimi Niyoz Xazratqulov maktablarda ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga doir bir qator qarorlarni imzoladi.

Jumladan, hokim qarori bilan yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan 10-11 sinf o‘quvchilari uchun «Hokim stipendiyasi» ta’sis etildi. Nizomga ko‘ra, tanlov g‘oliblari 3 ta o‘rinda aniqlanadi. 1-o‘rin uchun 1,5 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 1 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 500 ming so‘m miqdoridagi bir martalik stipendiya to‘lab beriladi.

Shuningdek, shahar maktablarida telefondan foydalanishni tartibga solish maqsadida «Telefonsiz maktab» tizimi tatbiq kilinmoqda. Loyihani faol qo‘llab-quvvatlagan 2 ta maktab 5 mln so‘m pul mukofoti hamda kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

Hokimning yana bir qaroriga ko‘ra, xorijiy tillarni bilish bo‘yicha B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarni 500 ming so‘m, shuningdek, C1 darajadagi sertifikatga ega yoshlarni 1 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 13:33 07.09.2024. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!