Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Hokim buva hormangiz... "Ravon" mingim kelyapti, Paxta qo‘ygim kelyapti"

"Hokim buva hormangiz... "Ravon" mingim kelyapti, Paxta qo‘ygim kelyapti"

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shoir Sharofiddin Boltaboyevga Chevrolet Nexia sovg‘a qildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar berdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi tomonidan terimchilarga bo‘layotgan rag‘batni ko‘rib yuragim toshib ketdi. O‘zimiz ham paxtaning ichida o‘sganmiz, bolalikni qo‘msab, ham dam olishni reja qildim. Shu bois paxta terib, paxtakorlarga hormang deyish maqsadida va, o‘zimcha, hokimdan mashina olishni yaxshi niyat qilib, Andijon tomon yo‘lga chiqdim. Farzandlarim «Shanba va yakshanba kunlari biz ham sizga paxta terishda yordam beramiz», deb meni ruhlantirishdi. Uch kun tumanlarda bo‘lib, paxta terdim. She’rlar o‘qib, paxtakorlar bilan suhbatlar qurdim.

Mashina berilishidan uch kun avval viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov meni qabuliga chaqirib, o‘tgan yetti yil ichida Andijonda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida zo‘r qo‘shiq uchun yaxshi she’r yozib berishimni so‘radi. Shuhratbek Qo‘shoqboyevich suhbat davomida ancha yillardan buyon bayramlarni ko‘ngildagidek o‘tkazishga qo‘shib kelayotgan hissam uchun u meni Toshkentga moshina mindirib jo‘natish niyati borligini aytdi», dedi shoir Sharofiddin Boltaboyev, deb yozadi "sof.uz".

Sharofiddin Boltaboyev Andijon viloyati hokimi tomonidan ilg‘or terimchilarga mashina sovg‘a qilinayotgani haqida «Paxta tergim kelyapti» nomli she’r yozgan:

Zo‘r tashviqot, da’vat bu.
Andijoncha ibrat bu.
Terimchiga mashina,
Tantilarcha rag‘bat bu.

Bunaqasi bo‘lmagan,
Yaqin tarix ko‘rmagan,
Oddiy xalqni hech davlat,
Bunday rozi qilmagan.

Bu hayot to‘lqinidan,
Qolmay shahd oqimidan,
Xudo ol qulim desa,
Viloyat hokimidan,
Ravon mingim kelyapti,
Paxta tergim kelyapti.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning «Daryo» muxbiriga ma’lum qilishicha, shoir Sharofiddin Boltaboyevga sovg‘a sifatida toshpirilgan avtomobil andijonlik homiylar hisobidan, u Andijonni madh etgani uchun taqdim etilgan.

Tarmoqda bu she’r va uning ortidan kelgan sovg‘a shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Troll.uz "Paxta tergim kelyapti" she’riga parodiya yozdi:

Bir kulguli holat bu,
Iqtisodga illat bu,
Nochorlar, chetda turing!
Maddohlarga rag‘bat bu.

Bunaqasi bo‘lmagan,
Yaqin tarix ko‘rmagan,
O‘z xalqini hech davlat,
Bunday yerga urmagan.

Bu yangiliklarni o‘qib,
Xo‘p yig‘lagim kelyapti,
Maddohlar yo‘q yurtlarga,
Sekin surgim kelyapti.

Telegramdagi Janob Satirik ham "Birinchi she’rimni yozdim. Axir, na qilay mening ham avtomobil mingim keladur" deb parodiyani taqdim etdi:

Hokim buva hormangiz,
Parod qilib tolmangiz,
Bunchalik "itarmangiz",
"Ravon mingim kelyapti,
Paxta qo‘ygim kelyapti."

3 ta tug‘sa Koboltdir,
She’r o‘qisa Ravondir,
Futbolchiga Malibu,
Monopoliyachi omondir.

Narxning o‘sish tezligi,
Radarga ham tushmaydi.
Bu tezlikni ko‘rgan har
Odam boshin qashlaydi.

Kontrakt, benzin, dollar,
Hamma shunga yopishdi,
Chalg‘itmoqchi tog‘alar,
Buxankani topishdi.

Koinotga ketaman,
Juman aka sponsor,
Viza ham kerak emas,
Deydi 100 o‘g‘il tayyor.

#surish_kerak - ne kerak,
Qilyapman kayf-u, safo,
Axir tinch vatanimning,
Keng osmoni musaffo.

Kiritildi: 12:04 13.11.2019. O'qildi: 6737 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!