bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Israel Kas ma’lum qildi.
Kasning so‘zlariga ko‘ra, centyabr oyi oxirida isroillik harbiylar tomonidan “Hizbulloh” harakati yetakchisi Hasan Nasrullohning yo‘q qilinishi Isroilning Livan guruhiga qarshi kurashdagi "maqsadiga erishish cho‘qqisi" bo‘lgan.
"Bizning vazifamiz bu g‘alabaning mevasini olish uchun bosimni davom ettirishdir. Isroil Livanning ichki siyosatiga aralashishdan manfaatdor emas, chunki Bayrut yetarlicha saboq oldi", — deya vazirning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Kas Livan bilan munosabatlar normallashishiga, shuningdek, xalqaro koalisiya “Hizbulloh”ning sezilarli darajada zaiflashganidan siyosiy maqsadlarda foydalanishiga umid qilishini bildirdi.