Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

“Hisor” qo‘riqxonasida fotoqopqonga qor qoplonlari to‘dasi tushdi

A A A
“Hisor” qo‘riqxonasida fotoqopqonga qor qoplonlari to‘dasi tushdi

Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan foto-videoqopqonlar orqali qor qoplonlarining katta to‘dasi tasvirga olindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, qor qoplonlari soni ko‘paygan. Ilgari ular ikkitadan ortmagan bo‘lsa, hozir qor qoplonlarining soni 3-4 taga yetadi.

Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. Shuningdek, SITES — yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ro‘yxatiga kiritilgan. Ovlash qat’iyan taqiqlangan.

Kiritildi: 20:58 17.02.2024. O'qildi: 3153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!