Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hindistonning Uttaraxand shtati rasmiylari muz ko‘chishi oqibatida bedarak yo‘qolgan 136 kishining o‘limini tasdiqladi

Hindistonning Uttaraxand shtati rasmiylari muz ko‘chishi oqibatida bedarak yo‘qolgan 136 kishining o‘limini tasdiqladi

Hindistonning Uttaraxand shtati rasmiylari muz ko‘chishi oqibatida bedarak yo‘qolganlarning barchasini qurbon bo‘lgan deb topdi. Bu haqda Times of India nashriga tayanib «Kommersant.ru» xabar berdi.

Avvalroq qutqaruvchilar 68 kishining jasadini topgan. 136 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan. Odatda tabiiy ofat qurbonlari yetti yil davomida ular haqida hech qanday darak bo‘lmasa, qurbon bo‘lgan deb topiladi. Lekin bu vaziyatda 1969 yilda qabul qilingan «Tug‘ilish va o‘limni ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, yo‘qolganlarni belgilangan muddatdan oldin vafot etgan deb e’lon qilishga qaror qilindi.

Rasmiylarga ko‘ra, zarar ko‘rgan oilalarga tovon puli to‘lash jarayonini tezlashtirish uchun shunday qaror qilindi.

«Daraksiz yo‘qolganlar uch guruhga ajratildi: birinchisi — tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan yoki uning yaqinidagi hududlar aholisi; ikkinchisi — 7 fevraldagi tabiiy ofat vaqtida o‘sha yerda bo‘lgan Uttaraxandning boshqa hududlari aholisi, oxirgisi — ofat vaqti ko‘chkilardan zarar ko‘rgan hududlarda bo‘lgan boshqa shtat aholisi», — dedi mahalliy hokimiyat rasmiylari.

Ma’lumot uchun, muzlik Himolay tog‘laridan Alaknanda daryosi bo‘ylab pastga tushgan va shtatning baland tog‘li hududlarida suv toshqiniga sabab bo‘lgan. U qurilayotgan NTPC va «Rishi Ganga» GESlari hududida vayrongarchiliklarni keltirib chiqargan. Hukumat GESlarning quyi qismidagi daryo bo‘yida yashovchi qishloq aholisini evakuasiya qildi. Keyingi zararlarning oldini olish uchun Shrinagar, Rishikesh va Xaridvar shaharlaridagi to‘g‘onlarning suvlari oqizib yuborildi.

Kiritildi: 09:30 24.02.2021. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!