Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hindistonlik erkak fillarga boyligining yarmini vasiyat qildi, chunki...

Hindistonlik erkak fillarga boyligining yarmini vasiyat qildi, chunki...

Hindistonning Bixar shtatida yashovchi erkak Axtar Imom mol-u davlatining yarmini o‘zini bir necha marta bezorilar hujumidan qutqargan fillarga vasiyat qildi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Imom uzoq yillar mobaynida fillar yashaydigan qo‘riqxonada ishlagan. U, shuningdek, ushbu jonivorlarni himoya qiluvchi notijorat tashkilotni ham boshqargan.

Erkakning aytishicha, fillar bir necha marta uning hayotini saqlab qolgan.

«Bir kuni bezorilar meni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. O‘shanda fillar meni qutqargan. Qurollangan shaxslar xonamga kirishga uringanida fillar meni ogohlantirgan va men odamlarni yordamga chaqirishga muvaffaq bo‘lganman», — deydi Axtar Imom.

U bir necha o‘n million rupiyga baholanadigan o‘ziga tegishli yer maydonini filga vasiyat qilgan. Vasiyatnoma ikki fil — 15 yoshli Moti va 20 yoshli Rani nomiga yozilgan.

Imom, fillarning insonlardan farqli ravishda sadoqatli ekanligini ta’kidlagan.

«O‘limimdan so‘ng do‘stlarim, ya’ni fillar hech narsasiz, yetim bo‘lib qolishini istamayman», — deydi Imom.

Kiritildi: 11:45 21.06.2020. O'qildi: 2725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!