Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Hindistonda to‘rt qavatli bino quladi

Hindistonda to‘rt qavatli bino quladi

PTI agentligining xabariga ko‘ra, Hindistonda to‘rt qavatli bino qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan.

“Virar shtatidagi Vijay Nagar shahrida chorshanba kuni soat 12:05 da 50 ga yaqin xonadondan iborat to‘rt qavatli bino bo‘sh turgan turar-joy binosi ustiga qulab tushdi”, – dedi polisiya rasmiylari.

Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning deyarli barchasi binoning to‘rtinchi qavatida bo‘lib o‘tayotgan bir yoshli qizchaning tug‘ilgan kunini nishonlash marosimida qatnashgan.

Palghar tumani saylov okrugi bosh ofiseri doktor Indu Rani Jakhar payshanba kuni ertalab voqeada qurbonlar soni 15 kishiga yetganini tasdiqlagan.

Kiritildi: 11:40 28.08.2025. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!