Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Hindistonda qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish tufayli 25 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Hindistonda qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish tufayli 25 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Tamilnad shtatining Kallakurichi shahrida qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda The Times of India gazetasi.

Unga ko‘ra, 60 nafar kishi og‘ir zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizildi. Avvalroq 10 kishi vafot etgani va 12 kishi jabrlangani haqida xabar berilgan edi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning aksariyati og‘ir ahvolda, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Qalbaki spirtli ichimliklar sotuvchisi qo‘lga olindi. Undan olib qo‘yilgan 200 litr spirtli ichimlik tarkibida metanol borligi aniqlandi, deb xabar beradi tass.ru.

Kiritildi: 14:08 23.06.2024. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!