Bugun Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus daraga qulab tushdi.
Qayd etilishicha, Chartxaval okrugida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida 6 nafar o‘quvchi turli darajada jarohat olgan. Hozirda jarbrlanganlarning bari shifoxonalarga yetkazilgan bo‘lib, YTH sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kunida Hindistonning Uttaraxand shtatida mamlakat yaqin tarixidagi eng yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. 50 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus chuqurligi 200 metr bo‘lgan jarga tushib ketgan. Oqibatda 45 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, biroz vaqt o‘tib yana 2 nafar yo‘lovchi jiddiy jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Mazkur YTH sabablari ham noma’lumligicha qolmoqda.
Manba: uza.uz