Dushanba kuni Hindistonda koronavirus tufayli olamdan o‘tganlar soni 50 000 dan oshib ketdi. Hozirda Hindistonda virusni yuqtirib olganlar soni keskin tarzda ortib bormoqda.
17 avgust holatiga ko‘ra, bu mamlakatda COVID-19 tashxisi qo‘yilganlar deyarli 2.65 million kishini tashkil qilmoqda.
Hindistonda 16 avgust kuni 57 981 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Shuningdek, bu yerda o‘tgan 24 soat ichida 941 kishi COVID-19 qurboniga aylangan bo‘lib, qurbonlarning umumiy soni 50 921 kishiga yetdi.
Hozirda Hindiston koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda AQSh va Braziliyadan keyingi uchinchi o‘rinda turibdi.