Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hindistonda kimyo zavodida yuz bergan portlashda 7 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda kimyo zavodida yuz bergan portlashda 7 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Surat shahridagi Aether Industrieskimyo zavodida yuz bergan portlashida 7 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Reutersga tayanib.

Portlash chorshanba kuni ertalab favqulodda vaziyat natijasida sodir bo‘lgan, yong‘in o‘chirilgan.

"Portlash sabablari hali aniqlanmagan", - dedi yong‘in xavfsizligi xizmati xodimi.

“Zavodda yettita jasad topildi”, - dedi polisiya xodimi.

24 nafar jarohatlangan ishchi kasalxonaga yotqizilgan.

Yong‘in haqidagi xabar chorshanba kuni Aether Industries aksiyalarining 8,4 foizga, payshanba kuni esa 1,9 foizga tushishiga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 10:13 01.12.2023. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!