Hindistonning Palgxar tumanidagi Vijay Nagar hududidagi to‘rt qavatli turar-joy binosining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi.
Bu haqda Hindiston OAVlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ramabay majmuasidagi 50 ga yaqin xonadondan iborat to‘rt qavatli turar-joy binosi yonidagi bo‘sh turgan bino ustiga qulab tushgan.
"To‘rtinchi qavatda bir yoshli qizchaning tug‘ilgan kuni bo‘lib o‘tayotganida, bino qanotidagi 12 xonadon qulab tushdi, natijada aholi va mehmonlar vayronalar ostida qolib ketdi", — dedi voqea guvohlari.
Hodisa vaqtida tug‘ilgan kuni nishonlanayotgan qiz halok bo‘lganlar orasida bo‘lgan.
Vasai-Virar munisipal korporasiyasi (VVMC) rasmiysiga ko‘ra, yaralangan va qutqarilgan yana olti kishi turli shifoxonalarda davolanmoqda.
Favqulodda vaziyatlar guruhlari, jumladan, tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy kuchlari (NDRF), mahalliy polisiya va o‘t o‘chirish brigadasi vayronalar ostida qolganlar bor-yo‘qligini tekshirish uchun vayronalarni tozalashda davom etmoqda.