OAV ma’lumotlariga ko‘ra, aprel va may oylarida Hindiston tomonidan taqiqlangan mahsulotlar (mikrochiplar, sxemalar va dastgohlar) eksporti 60 million dollardan oshgan, bu joriy yilning o‘tgan oylariga nisbatan taxminan ikki barobar ko‘pdir. Iyul oyida eksport hajmi 95 million dollarga ko‘tarildi.
Bloomberg jurnalistlarining qayd etishicha, “Ukraina ittifoqchilarini norozi qilayotgan eng muhim jihat masalani ko‘tarayotgan elchilar hindistonlik hamkasblaridan javob olmayotganligidir. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu statistik ma’lumotlarga izoh berish so‘ralganda javob bermadi.