Hindiston Pokiston va Afg‘oniston orqali birinchi marta O‘zbekistonga tijoriy yuk jo‘natdi, deb yozadi The Tribune.
16 mart kuni 140 tonna yuk – asosan shakar ortilgan yuk mashinalari karvoni Kobuldan Toshkentga yo‘l oldi. Bungacha yuk Hindiston Mumbayidan dengiz orqali Karachiga, so‘ngra Pokiston orqali Torxamga o‘tib, Afg‘oniston chegarasini kesib o‘tgan.
Yuk tashish Hindiston tomoni tomonidan xususiy ravishda tashkil etilgan. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim uni amalga oshirish imkonini berdi.
«Endi bu [tranzit] muntazam ravishda o‘tadi. O‘zbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan tovarlarni olib kirishi mumkin bo‘ladi», — dedi o‘zini oshkor etmagan pokistonlik rasmiy.
Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumatining sanoat va savdo vaziri Mavlono Zohir yuklarning yig‘ilishini tashkil qildi. Afg‘oniston tomoni buni Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadam deb atadi.
Afg‘oniston boshqa davlatlarga ham Pokiston orqali tranzit orqali yuk jo‘natishi mumkin, deyiladi hisobotda.