Shimoliy Hindistonda juma oqshomidan beri mintaqaga kuchli musson yomg‘irlari ta’sirida kamida 28 kishi halok bo‘ldi.
The Times of India gazetasining yozishicha, jala milliy poytaxt Dehli okrugida (bu Nyu-Dehlini ham o‘z ichiga oladi), shuningdek, Himachal-Pradesh, Uttarakxand, Panjob, Haryana, Rajastan shtatlarida suv toshqinlari, ko‘chkilar, binolarning qulashiga sabab bo‘lgan.
Tog‘ etaklarida Ravi, Beas, Sutlej va Chenab daryolari qirg‘oqlaridan to‘lib toshgan. Ximachal-Pradesh shtatida jiddiy vaziyat yuzaga keldi, u yerda yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan ko‘chkilar va suv toshqinlari bir qancha tumanlarda normal hayotni deyarli falaj qildi. Oqim suv va loy uylar, do‘konlar, yengil va yuk mashinalarini yuvib ketdi. Daryolar sathi xavfli darajaga ko‘tarilgan qo‘shni Uttarakxandda ham ko‘chki va suv toshqinlari kuzatilgan.