Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston koinotga robot-gumanoid yubormoqchi

Hindiston koinotga robot-gumanoid yubormoqchi

Hindiston dekabr oyida koinotga robot-gumanoid yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) rahbari Vi R. Narayanan ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu missiya Hindistonning birinchi inson boshqaradigan “Gaganyan” kosmik missiyasiga tayyorgarlikning yangi bosqichi bo‘ladi.

Vyommitra (sanskritcha Vyoma — koinot, Mitra — do‘st) nomli ayol qiyofasidagi robot-gumanoid kapsulada mustaqil parvozni amalga oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Robot koinot sharoitida kemaning barcha asosiy tizimlarini — hayotni ta’minlash tizimlaridan tortib parvozni boshqarish tizimlarigacha tekshirishi ko‘zda tutilgan.

“Agar missiya muvaffaqiyatli o‘tsa, kelasi yili yana ikkita pilotsiz missiyani amalga oshiramiz. 2027 yil mart oyida barcha sinovlar yakunlangach, bosh vazir Narendra Modi e’lon qilganidek, “Gaganyan”ning asosiy inson boshqaradigan missiyasi ishga tushiriladi”, dedi ISRO rahbari.

2018 yil avgust oyida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ilk bor o‘z mamlakati orbitaga birinchi milliy kosmik ekipajni yuborishini rasman e’lon qilgan edi.

Ma’lumot uchun, “Gaganyan” loyihasining nomi (sanskritcha “gagana” — osmon so‘zidan olingan) “osmon kemasi” degan ma’noni anglatadi.

Kiritildi: 23:15 29.07.2025. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!