Istanbul hokimi Ekrem Imamo‘g‘lu va yana 91 nafar gumonlanuvchi so‘roq uchun Chag‘layan sud binosiga olib ketildi.
Bu haqda Haber Global xabar berdi.
Proseduraga ko‘ra, bu shaxslar prokurorga ko‘rsatma berishi kerak. U, o‘z navbatida, ish materiallarini sudga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va sud keyingi ehtiyot chorasini tanlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ekrem Imomo‘g‘lu PKK terror tashkiloti bilan hamkorlik qilish, korrupsiya va poraxo‘rlikda ayblanmoqda.