Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Hayz chog‘ida ayollardan chetda bo‘ling

A A A
Hayz chog‘ida ayollardan chetda bo‘ling

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

Baqara Sendan hayz haqida so‘rarlar. Ayt: «U ko‘ngilsiz narsadir. Hayz chog‘ida ayollardan chetda bo‘ling. Pok bo‘lmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar. Qachonki pok bo‘lsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling. Albatta, Alloh ko‘p tavba qiluvchilarni sevadir va poklanuvchilarni sevadir». (Baqara surasi, 222- oyat).

Imom Ahmad ibn Hanbal Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Yahudiylar ularning ayollari hayz ko‘rsa, birga ovqatlanmay va birga yotmay qo‘yar edilar. Sahobalar Nabiy alayhissalomdan bu haqda so‘radilar. Va Alloh taolo «Sendan hayz haqida so‘rarlar» oyatini nozil qildi. Shundan keyin Nabiy alayhissalom: «Jinsiy aloqadan boshqa hamma narsani qilsangiz bo‘ladi», dedilar».

«Sendan hayz haqida so‘rarlar».

Hanafiy mazhabi ulamolari hayzni bunday ta’riflaydilar: «To‘qqiz yoshdan ellik besh yoshgacha bo‘lgan, kasal yoki homilador bo‘lmagan ayol jinsiga mansub insonning rahmidan chiqadigan qondir. Hayzning eng oz muddati uch kechayu uch kunduz, eng kupi o‘n kechayu o‘n kunduzdir. Hayzning eng oz muddatidan oz, eng ko‘p muddatidan ko‘p yoki ayol kishining odatidan ortiq keladigan qon istehoza deyiladi».

Demak, odamlar hayz haqida so‘radilar. Javob oyatda quyidagicha keldi:

«U ko‘ngilsiz narsadir».

Ya’ni hayz nopok, ko‘ngilga yoqmaydigan, ozor beradigan narsadir. Shuning uchun

«Hayz chog‘ida ayollardan chetda bo‘ling», ya’ni ularga jinsiy yaqinlik qilmang.

Hayzi to‘xtagan ayol g‘usl qilgandan keyin pok bo‘ladi. Agar g‘uslga uzrli bo‘lsa, tayammum qiladi. Shundan keyin unga jinsiy yaqinlik qilsa bo‘ladi. Hanafiy mazhabida o‘n kunlik hayz ko‘rgan ayolga hayzi to‘xtashi bilan yaqinlik qilsa bo‘ladi. O‘n kundan oz muddat hayz ko‘rgan ayolga esa hayzi to‘xtab, g‘usl qilganidan keyin yoki agar g‘usl qilmasa, bir namozning vaqti o‘tganidan keyin yaqinlashishga ruxsat berilgan.

«Qachonki pok bo‘lsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling», degani «Old tarafdan yaqinlik qiling, orqadan emas», deganidir.

«Albatta, Alloh ko‘p tavba qiluvchilarni sevadir va poklanuvchilarni sevadir», deyilishi «Bu hukmni bilmagan chog‘larida mazkur yo‘l-yo‘riqqa xilof ish qilgan bo‘lsa, tavba etsin, bundan keyin doimo poklikka, ayniqsa, hayz masalasida alohida e’tibor bersin», deganidir.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 12:19 28.12.2019. O'qildi: 9997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!