Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Hatay aeroporti barcha reyslarga yopildi - Turk Havo Yo’llari

Hatay aeroporti barcha reyslarga yopildi - Turk Havo Yo’llari

Hatay aeroporti barcha reyslar uchun yopiq.

Bu haqda dushanba kuni Turk havo yo‘llari matbuot bo‘yicha maslahatchisi Yahyo Ustun o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qahramanmarash, Gaziantep, Malatya va Adiyamanda faoliyat yuritayotgan aeroportlardan faqatgina insonparvarlik yordami va qidiruv-qutqaruv guruhlarini zilzila sodir bo‘lgan hududlarga yetkazish uchun foydalanish mumkinligini ta’kidladi.

Nashrning qayd etishicha, zilzila sodir bo‘lgan hududlarga sayohat qilishni xohlovchi fuqarolar Turk Havo Yo‘llari reyslarini Adana, Elazig va Diyorbakirga olib borishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kiritildi: 22:13 06.02.2023. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!