Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Hasanboy Do‘smatov faoliyatini professional boksda davom ettiradi

Hasanboy Do‘smatov faoliyatini professional boksda davom ettiradi

2016 yilgi Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov faoliyatini professional boksda davom ettiradi, deb yozadi GoSport.

Ta’kidlanishicha, Do‘smatov AQShda faoliyat olib boradi. U «Mir boksa« promouterlik kompaniyasi tarkibida janglarda ishtirok etadi.

Hasanboy Do‘smatov professional boksda o‘ta yengil (-50,80 kg) vazn toifasida faoliyat olib borishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda «Mir boksa« promouterlik kompaniyasi bilan o‘zbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan, Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut), Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) va Isroil Madrimov (3 ta g‘alaba, 3 ta nokaut) rasmiy shartnoma tuzgan holda faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari Bektemir Meliqo‘ziyev (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) ham shu kompaniya qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi, ammo Meliqo‘ziyev va «Mir boksa« o‘rtasida shartnoma tuzilgani haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan.

Kiritildi: 16:06 03.07.2019. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!