Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Harbiy qismlardagi saylov uchastkalari kim tomonidan tuziladi?

Harbiy qismlardagi  saylov uchastkalari kim tomonidan tuziladi?

"Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” doirasida  O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi toifalangan ob’ektlarini qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda "Saylov kodeksining mazmun mohiyati va xarbiy xizmatchilarning saylov huquqlari kafolatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda Markaziy saylov komissiyasi saylov qonunchiligi va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘quv markazi direktori SH.Fayziyev ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar saylov komissiyalari va tuman (shahar) saylov komissiyalari tomonidan 6500 dan ortiq okrug saylov komissiyalari shakllantirilganligi va tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan 10 250 dan ortiq uchastka saylov komissiyalarini tarkibi tasdiqlanib, ular haqidagi ma’lumotlar mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi belgilngan.

Takidlanganidek, saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida saylov uchastkalari tumanlarning, shaharlarning, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olingan holda tuziladi. Uchastkalar harbiy qismlarda ham tuziladi va qismlar joylashgan yerdagi okruglarga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari boshqa saylov okruglarining chegaralarini kesib o‘tmasligi kerak.

Shuningdek, tadbirda xarbiy qismlarda ham saylov uchastkalarini tuzish hamda uchastka saylov komissiyalarini shakllantirish tartibi va muddatlari xaqida tushuntirishlar berildi. Xarbiy xizmatchilarning faoliyatini xisobga olgan xolda muddatidan oldin ovoz berish tartibi va muddatlariga e’tibor qaratildi.

Saylov kodeksining 10-moddasiga binoan harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Tadbir so‘ngida  saylovchilarning yagona elektron ruyxatini tuzish tartibi, xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizning saylovda qatnashish kafolatlari hamda saylov qonunchiligi talablarini buzganlarga nisbatan javobgarlik masalalari bo‘yicha berilgan savollarga Saylov kodeksi qoida-talablari asosida tushuntirishlar berildi.

 

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati

Kiritildi: 15:39 08.11.2019. O'qildi: 1923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!