Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi "O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi"ning 128-moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining uch baravari (608 ming 190 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:
eng kam ish haqining to‘rt baravari (810 ming 920 so‘m) miqdorida jarima solishga;
yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.