Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi

A A A
Har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi

Hukumat qarori (781-son, 14.12.2020 y.) bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi. 

Aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvatlash Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅ Dastur quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

👉 birinchi bosqich – 2020-2021 yillarda  kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

👉 ikkinchi bosqich – 2022-2023 yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;

👉 uchinchi bosqich – 2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.

📚Qarorga ko‘ra, 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi.

📋 Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan Dasturni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, nashriyotlar tomonidan yozuvchilarga ajratiladigan gonorar masalasini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. 
 

Kiritildi: 19:25 14.12.2020. O'qildi: 2957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!