Garold Ebbott bilan bog‘liq voqea ko‘plar uchun saboq bo‘ladi. – Bilasizmi, men avvallari juda ko‘p bezovta bo‘lardim, – degan edi Garold Ebbot, – biroq bir kuni...O‘shanda 1934 yilning bahori edi. Men Ueb-bi-Sitidagi Uest-Douerti ko‘chasi bo‘ylab borar ekanman, bir manzaraning guvohi bo‘ldimki, u barcha tashvishlarimni bir yo‘la bartaraf etdi. Bu jarayon bor-yo‘g‘i o‘n soniya davom etdi, ana shu vaqt davo-mida keyingi o‘n yilda qanday yashash kerakligini anglab yetdim. Men ikki yil mobaynida Uebb-Sitidagi baqqollik do‘konida egalik qilgandim. Ana shu paytda jami pullarimdan mahrum bo‘libgina qolmay, qarzga botib qoldim, uni yetti yilda uzishim mumkin edi. O‘tgan shanbada do‘konni yopishga majbur bo‘ldim, hozir esa bankdan qarz olib, Kanzas-Sitiga ish axtarib bormoqchiman. Men g‘amdan ado bo‘lgan odam kabi qadam tashlar edim. Hayotga ishonchim va kurashga qobiliyatim yo‘qolgandi. Birdan ikki oyog‘idan ajralgan bir odamga ko‘zim tushdi. U uncha katta bo‘lmagan yog‘och aravachada o‘tirar, g‘ildiraklar o‘rniga roliklar mahkamlangan edi. Bu inson qo‘llaridagi yog‘och bo‘laklari yordamida oldinga harakatlanardi. Men uni ko‘chani kesib o‘tib, yo‘lakning bir necha dyum baland joyiga chiqmoqchi bo‘lganida uchratdim. U o‘zining kichik yengil aravachasini qo‘zg‘atganida, ko‘zlarimiz beixtiyor ravishda to‘qnashdi. U meni baxtiyor tabbasum bilan qarshiladi. «Assalomu alaykum, ser. Qanday ajoyib tong-a? Shunday emasmi?» – dedi quvnoq holda. Unga tikilib turib, naqadar ulkan boylikka ega ekanligimni tushundim. Mening ikki oyog‘im bor. Yura olaman. O‘z ahvolimga afsuslanganim uchun uyat hissi meni qamrab oldi. O‘z-o‘zimga: «Oyog‘i bo‘lma-sa hamki, bu odam baxtiyor, quvnoq, shod-xurram va o‘ziga ishongan ekan, so‘zsiz, o‘shanday bo‘lmog‘im kerak, axir mening ikki oyog‘im bor-ku», dedim. Birdan qandaydir kuchga to‘lib ketganimni sezdim. Ilgari men bankdan qarzga faqat yuz dollar olar-dim. Endi qat’iyat bilan ikki yuz dollar so‘ray olardim. Bank xizmatchisiga Kanzas-Sitiga jo‘nash uchun otlanganimni, u yerdan ish topish uchun hara-kat qilayotganimni aytmoqchi edim. Endi ishonch bilan Kanzas-Sitiga ishga borib, joylashmoqchi ekanligimni bildirdim. Zayomni oldim va ishga joylashdim.
Shu kunlarda yuvinish xonamning oynasida quyidagi so‘zlar yopishtirib qo‘yilgan, men uni har kuni soqolimni qirayotganda o‘qiyman: «Oyoq kiyimim bo‘lmagani uchun g‘am-alamdan ado bo‘layozgan edim. Ammo bu ahvol ikki oyog‘i yo‘q kishini uchratganimga qadar davom etdi».Garold Ebbotning hayotidan saboq chiqaring...
Manba: azon.uz